Oliy Majlis Senati, Buxoro viloyati hokimligi, viloyat oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Ayol va jamiyat: muammo va yechim” mavzusida forum o‘tkazildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva viloyat hokimi Botir Zaripov hamda O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi raisi Zulfiya Tuyeva bilan birgalikda viloyat oliy ta’lim muassasalari olima ayollarining ilmiy va innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ular loyihalar bilan yaqindan tanishib, viloyat ayollarining mahoratiga guvoh bo‘ldi. Yuqori palata rahbari ko‘rgazma va tadbir yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Forum doirasida Senat raisi Peshku hamda Vobkent tumanlarida ham bo‘ldi. Uchrashuvlarda chevar qizlar va tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida ularning qiziqishlari, ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy salohiyati kabi masalalar muhokama qilindi.
Senat Raisi xotin-qizlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlatimiz rahbari olib borayotgan siyosatning negizini tashkil etishini va ularga munosib turmush tarzini yaratib berish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.