
O‘zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi "Siyosatdagi yoshlar" intellektual turnirini tashkil qildi. Unda oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi. Ishtirokchilar shartlarga ko‘ra, siyosiy masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi va o‘z yangi g‘oyalarini baham ko‘rishdi.
Turnirda NamDU, NamMPI va Universiti of Busines and Science'ning bilimdonlaridan tashkil topgan jamoalar qatnashdi. Bellashuvda barcha jamoalar ishtirok etib, yuqori natijalar ko‘rsatdi.
Yoshlarning intellektual qobiliyati va siyosiy ongini rivojlantirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanligi namoyon bo‘ldi.
Shu bilan birgalikda, turnir davomida 10 dan ziyod yigit-qiz partiya safiga qabul qilindi, ularga partiya guvohnomalari topshirildi.
Tadbir so‘nggida g‘olib jamoalar va ishtirokchilarga viloyat kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.