"Bobohaydar" mahallasidagi yana bir masalada deputat so‘rovi yuborildi
Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan "Deputat mahallada" loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Shofirkon tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi G‘.Ne’matov "Bobohaydar" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda aholi vakillari bir qancha masalada murojaat qildi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida hal etildi. Ayrim masalalarda huquqiy maslahatlar berildi. Fuqarolar "Furug‘un" qishlog‘ining 1,3 km ichki yo‘lini shag‘allashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat asosida mas’ullarga deputat so‘rovi yuborildi.