Deputatga aholi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar bo‘ldi

 

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi a’zosi N.Kamalova Baxmal tumanida bo‘ldi. 9-O‘smat saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi saylovchilar bilan uchrashdi hamda aholining muammolarini o‘rganish maqsadida ular bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini tashvishga solayotgan bir qator masalalarda murojaat qildi. Xususan, "Fayzabod" mahallasida yashovchi Z.Azimova Sangzor-O‘smat yo‘liga fuqarolarning xavfsizligi uchun kamera o‘rnatishga ehtiyoj borligi aytdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hudud ovloq va kimsasiz joy bo‘lib, yolg‘iz yurganda yoki qorong‘u cho‘kkanda xatarli.

Shuningdek, B.Aliqulov va A.Boshmanov mahallaning 5 ta, ya’ni "Chevarlar", "Lolazor", "Tayloqsoy", "Gumsoy", "Nurli quyosh" ko‘chalaridagi elektr simyog‘ochlar ma’nan eskirgan va avariya holatiga kelib qolgan. Mahalladoshlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularni yangisiga almashtirish uchun 60 ta beton ustun (stolba) va elektr tortish uchun kabel kerak bo‘ladi.

Saylovchilar shaxsiy masalalaridan ko‘ra, ko‘pchilikka manfaatli va zarur bo‘lgan muammolar yechimiga e’tibor qaratdi. Shulardan biri mahallaning asosiy Toshkent ko‘chasida fuqarolarning xavfsizligi uchun 1,5 km piyodalar yo‘lakchasi qurilishida amaliy yordam so‘rash bilan bog‘liq bo‘ldi.

Viloyat Kengashi deputati N.Kamalova murojaatlar yozib olindi. Ularning har biri yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga so‘rov yuborilishi hamda ijrosini shaxsan nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish