Xalq bilan yuzma-yuz muloqot

 

Hozirda inson manfaatlarini ta’minlash uchun, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. Aks holda jamiyatga o‘sish, ishda esa natija bo‘lmaydi.

Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borishning bosh maqsadi ularning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratishdan iborat. Shundan kelib chiqib, Olot tumani “Chovdur” mahallasida tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Nargiza Ne’matova boshchiligida “Xalq qabulxonasi” mudiri, “mahalla yettiligi” ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda “Chovdur” mahallasining 20 nafardan ortiq fuqarosi turli masalalardagi murojaatlari va muammolari bilan qatnashishdi. Aholi vakillari asosan, ijtimoiy yordam, imtiyozli kreditlar, zovurlardan foydalanish, uy olish tartibi va boshqa masalalar bo‘yicha yuzaga kelayotgan to‘siqlardan shikoyat qildi.

Har bir murojaat ro‘yxatga olinib, atroflicha muhokama etilishi kerak bo‘lgan masalalar ijrosiga tegishli mas’ullar biriktirildi.

O‘rganishlar mahalladagi xonadonlarda davom etdi. Jumladan, ushbu mahallada yashovchi Rahimovlar xonadonidagi holat ko‘zdan kechirildi. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan Ozodbek Ikromjonov bilan uchrashib, uning yashash sharoiti, uyda olayotgan ta’limi bilan tanishgan deputat fuqaroning hayoti yanada yaxshilanishi uchun nimalarga ehtiyoji borligi bilan qiziqdi. Ozodbekning takliflarini tinglab, ularni amalga oshirish borasida vazifalar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish