Buxoro shahrida salomatlik aksiyasi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Buxoro shahar kengashi raisi Robiya Kazimova tashabbusi bilan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan salomatlik aksiyasi o‘tkazildi. Unda ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan oilalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Aksiya doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganlar soni 180 nafardan oshdi. Ko‘rik davomida 47 nafar odamda turli kasallik aniqlandi va ularni ambulator hamda statsionar davolash choralari belgilandi.

Shuningdek, yotoqda yotgan bemor bolalar uylariga borib tekshiruvdan o‘tkazildi. Ularning holatiga qarab tibbiy ko‘rsatma va maslahatlar berildi.

Xuddi shunday tadbir Kogon tumanida ham o‘tkazildi. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiyamiz guruhi a’zosi S.Sharipova tashabbusi bilan "Siyoz-poyon" OSHPda salomatlik aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestrda turgan oilalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Salomatlik konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan mazkur loyiha asosida hududdan 20 ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillarining salomatligi tekshirildi. Ko‘rikda Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bosh hakimi Feruz Achilov rahbarlik qildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish