Qoraqalpog‘istonda nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imamova O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida muloqot o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy muloqotda nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Xususan, hududlarda nogironligi bor shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, murojaatlarni samarali hal etish, hamkor tashkilotlar bilan ishlarning natijadorligini kuchaytirish, to‘siqsiz muhit yaratish borasidagi vazifalarni bajarish, yuzaga kelayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish, bunda xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari ishtirokini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.