Zarbdor tumani «Mustaqillik» MFYda yashovchi fuqaro Parvoz To‘raqulov xonadoniga borildi. Uy egalari samimiy suhbat o‘tkazildi. Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘razaliyevaga fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Xususan, yaqinda qurib bitkazgan uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘rashdi. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Bundan tashqari, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar atroflicha o‘rganilib, aholining bandligini ta’minlash va turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Deputat, shuningdek, tumandagi «Mustaqillik» MFYda yashovchi fuqaro Gulnora Anorboyevaning uyida bo‘ldi va uning oilaviy holatini o‘rgandi. Suhbat davomida ayol 12 yoshli farzandining ona tili va matematika fanlaridan qo‘shimcha o‘quv kurslariga qatnashishi uchun amaliy yordam so‘radi.
Ushbu murojaat joyida ko‘rib chiqilib, bolani qo‘shimcha ta’lim kurslariga jalb qilish va uning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mahalla ijtimoiy xodimiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Fuqaroning uy-joy ta’miri uchun kredit olish bo‘yicha murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Deputatning hududdagi o‘rganishlari davom etmoqda.