Partiyamiz safi kengaymoqda

 

O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi raisi M.To‘ychiyeva hamda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari, tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Sh.Mamarizayev hamkorligida faol nuroniylar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar muhokamasiga qaratilgan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, partiyani dasturiy maqsadlari, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida faol nuroniylardan 75 nafari partiya a’zoligiga qabul qilindi va ularga partiya biletlari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish