
Bu birinchi navbatda o‘z sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaslik. Har bir insonning kunlik faol harakati. Qo‘l-yuz, tish yuvish bilan bir vaqtda ertalabki jismoniy mashq. Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish ham tibbiy madaniyatdir. Kuchli ovqatlar emas, tarkibi, foydaliligi, tanaga zarur mahsulotlarga e’tibor qaratgan holda taomlanish lozim. Bir ibora bor, ya’ni, “ertalabki nonushtani o‘zing ye, tushlikni do‘sting bilan, kechki ovqatni dushmaningga ber”. Chindan ham nonushtaga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Sut mahsulotlari, tuxum, turli bo‘tqalar bilan bir qatorda, mosh, oq, qizil loviya, guruch kabi dukakli ne’matlardan iste’mol qilish foydalidir. Bunday mahsulotlardan ota-bobolarimiz yegani tufayli genlarimiz ham shunga moslashgan.
Afsuski, hozirda fast-fud, dudlangan yeguliklar, yarim tayyor mahsulotlar, gazli va energetik ichimliklar ommalashib ketyapti. Lekin bu turdagi oziq-ovqatlarning salbiy tomonlari ko‘p. Kun tartibini belgilash, haftalik, oylik, yillik rejalar tuzish ham tibbiy madaniyatga kiradi. Masalan, bir kunda ertalabdan kechgacha nimalar qilish belgilansa, haftalik bajaradigan vazifalar kelib chiqadi. Xususan, sochni qanday va nechi marta yuvish, qanday turmaklash, yuzga, teriga oro berish. Oddiy shaxsiy gigiyenadan tortib, jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, atrofning tozaligiga e’tibor qaratish. Xonadonni sarishta tutish. Uy havosini almashtirib turish kabi kichik vazifalarga ham e’tiborli bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Agar inson mana shu oddiy deyilgan narsalarga e’tibor qilsa, ham ruhan, ham jismonan sog‘lom bo‘ladi.
Qizilgul Qosimova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.
«O‘zbekiston ovozi», 26.2.2025, №8