O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona tuman kengashi tomonidan “Yilning eng yaxshi BPT yetakchisi” nomli amaliy ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov partiyaning mafkuraviy g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, partiya a’zolari orasida ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tanlab olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, ijro hokimligi organlarida “sotsial lift” sifatida ularning o‘sishini ta’minlash nazarda tutilgan. Partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarida raqobat muhitini yaratish va faol, tashabbuskor yetakchilarni rag‘batlantirish masalalari ham qamrab olingan.
Bundan tashqari, tanlov partiya a’zolarining professional va shaxsiy qobiliyatini baholaydi. Shu orqali partiyaning siyosiy rivoji va kadr zaxirasining yuksalishini ta’minlashga erishiladi.