Andijonlik partiya safidagi yoshlar bilan muloqot

 

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘limi hamkorlikda «Safimizdagi yoshlar» loyihasi asosida davra suhbati tashkil etdi. Unda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari ishtirok etdi.

Muloqotda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyat hududiy bo‘limi rahbari F.Ataxonov va viloyat kengashi mas’ul xodimlari U.Axmedov, I.Xoshimova, Yo.Mo‘minova partiyaning maqsad va g‘oyalari hamda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi.

Yoshlar faqat tinglovchi bo‘lmadi. Jumladan, Nasibillo Arifjonov, Usmonjon Xayitov, Muqaddasxon Obidova, Sherzodbek Kamoliddinov asosli takliflar bildirib, jo‘yali savollar berdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish