Namanganda safdoshlarimiz soni ko‘paymoqda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi Pop tumanidagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabida tadbir o‘tkazdi. Unda viloyat partiya kengashi raisi o‘rinbosari E.Jo‘raxo‘jayev, S.Eshaliyeva hamda tuman kengashi raisi G.Muminova, tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi N.Rahimova qatnashdi.
Partiya g‘oyalari targ‘ibotiga qaratilgan tadbirda maktab jamoasi faol ishtirok etdi. Tadbir davomida XDPnining tashabbuslari hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘z bordi.
Tadbir yakunida musiqa va san’at maktabi jamoasi a’zolarining 45 nafari partiyaga a’zoligiga qabul qilindi hamda ularga partiya guvohnomalari, esdalik sovg‘alar taqdim etildi.