Partiya g‘oya-maqsadlarini aholi orasida keng targ‘ib qilish, dasturiy vazifalarini amalga oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilashga va ularga ko‘mak berish. Bularning barchasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy g‘oya va maqsadlarining asosini tashkil qiladi. Amaliyotga tatbiq etilayotgan turli loyiha va aksiyalar ham shunga monand, albatta.
Xususan, «Quvonch va mehr ulashaylik» aksiyasi ayni maqsadlarga yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar hayoti va undagi mavjud muammolarga jamoatchilik e’tiborini jalb etish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda Jizzax viloyatidagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida «Quvonch va mehr ulashaylik» aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda partiya Markaziy kengashi mas’ullari, Jizzax viloyat kengashi rahbariyati hamda bir guruh faollar ishtirok etdi.
Dastlab aholining ijtimoiy qatlamini hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi va fuqarolarning takliflari tinglandi.
Shuningdek, Jizzax shahar madaniyat boshqarmasining xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Hamkor tashkilotlarga tashakkurnomalar hamda sovg‘alar berildi.