Suv nasosiga ehtiyoj bor
Suv nasosiga ehtiyoj bor

 

Saylovchilar murojaatlarini qanoatlantirish masalasi Mirzacho‘l tumani Kengashi tomonidan doimo e’tiborda bo‘lib kelgan. Masalan, G‘alaba mahallasi, Amir Temur ko‘chasining oqsoqoli Otaxo‘ja Ergashev mahalladoshlari nomidan umumiy murojaat xati bilan Kengashga bordi.

Qayd etilishicha, ko‘chadagi bir masalaning yechimi paysalga solib kelinmoqda. Ya’ni, murojaatda oqova suv masalasi ko‘tarilib, asfalt yo‘lning bir tomonidagi ariqlar balandroq bo‘lgani sababli tomorqalarga suv o‘tmayotgani ta’kidlangan. Shu sababli, arizachilar suv nasosi o‘rnatishda amaliy yordam so‘rashgan.

Mazkur murojaat asosida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, masala albatta ijobiy hal etilishi tushuntirildi. Deputatlik so‘rovi asosida murojaat yechim topadigan bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish