Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari hududdagi ekologik holatni o‘rgandi. Deputatlar joylarga chiqqan holda tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i bilan birga tanqidiy-tahlil qildi.
Xususan, chiqindi tashishni to‘g‘ri tashkil etish, daryo o‘zani, daraxtlarni asrash, qushlar va hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari samarasi ko‘zdan kechirildi. Deputatlar aniqlangan muammolar va kamchiliklarni inobatga olib, ushbu masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif berdi.
Tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh.Umarov tashabbusi bilan ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.