
O‘zbekiston XDP Angren shahar kengashi raisi F.Abdurahimova Angren shahar Logistika MCHJda targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi. Tadbirda tashkilotni 30 nafardan ortiq xodimi qatnashdi.
Tadbirda 2025-yil – «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili» Davlat dasturi mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z bordi. Undagi partiyamiz dasturiy maqsadlariga uyg‘un masalalarga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining barcha qatlamlari manfaatini samarali himoya qilish, ayniqsa, ishsiz, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash qaratilgan tizimli muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Bu boradagi partiya tashabbuslari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir so‘ngida Logistika MCHJ xodimlarining 15 nafari partiya safiga a’zo qilindi va bu tashkilotda boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.