Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbus
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbus

 

Jizzax shahar “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Beshyog‘och” va “Yunusobod” ko‘chalari kesishmasida avtotransport vositalarining tartibsiz harakati yo‘l transport hodisalarining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ushbu hudud aholisi tomonidan xavotir bilan kutib olinib, chorrahada svetofor o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilinishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur masala xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi B.Toshpo‘latov tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda o‘rganildi. Natijada ushbu hududda svetofor o‘rnatish masalasini ijobiy hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Bu tashabbus yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish