Toshkent viloyati deputatlari murojaatlar bilan ishlashda ancha faol

 

Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi А.Inomov «Deputat mahallada» loyihasi doirasida aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha «Zarbdor» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbir davomida aholi tomonidan ijaraga yer ajratish, bolalar nafaqasi, nogironlik tayinlash va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Kommunal sohasidagi, nogironlik pensiyasini tayinlash va bola puli masalalari joyida ijobiy hal etildi. Ichimlik suvi, uy ta’mirlash va yana bir qator vaqt talab etadigan murojaatlarga yechim topish bo‘yicha muddat belgilandi.

Chirchiq shahar Kengashi XDP guruhi a’zosi Oybek Bozorov ham saylovchilar turmush tarzini o‘rgandi. Xususan, «Muruvvat» MFY hududida yashovchi “Аyollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironlari bor, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan va ishsiz fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Har bir murojaat mahalla faollari hamkorligida o‘rganib chiqildi, ularga huquqiy maslahat berildi va murojaatlar, o’rganishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga xat yuborildi.

Masalan, fuqaro M.Babaqulovadan farzandi X.Babaqulovaning uyda tug‘ilgani sababli guvohnoma ololmagani to‘g‘risidagi murojaati yuzasida zarur hujjatlar tayyorlanib, mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va fuqaro X.Babaqulovaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish