Deputat tashabbusi: xavfsiz va tartibli yo‘l harakati

 

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zbekiston XDP guruhi a’zosi Baxtiyor Toshpo‘latovning sa’y-harakatlari natijasida “Qaliya” MFY hududidagi “Yunusobod” va “Beshog‘och” ko‘chalari chorrahasida zamonaviy svetofor o‘rnatildi va ishga tushirildi, deb xabar qiladi Jizzax shahar partiya kengashi axborot xizmati.

Mazkur hudud aholisi uchun muhim bo‘lgan ushbu loyiha deputatlik so‘rovidan so‘ng tez fursatda ijobiy hal etildi. Endilikda haydovchilar va piyodalar yo‘l harakatida yanada qulay va xavfsiz sharoitga ega bo‘ldilar. Ushbu tashabbus yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni kuchaytirib, avariyalar oldini olishga xizmat qiladi.

O’zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi o’rinbosari Mehriniso Boboyevaning so’zlariga ko’ra, tashabbuskor deputatning harakati natijasida shahar infratuzilmasi yanada takomillashmoqda va aholining hayot sifati yaxshilanmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish