Yoshlar parlamentiga nomzodlar ko‘rsatildi
O‘zbekiston XDP Qo‘rg‘ontepa tuman kengashi tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman kengashi raisi Z.X.Karimova ishtirokchilarga partiyaning ijtimoiy siyosati, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shu bilan birga, markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar orasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan saylovlarga munosib, kreativ g‘oyalarga boy shijoatli yoshlar nomzodlikka tavsiya etildi.
Nomzodlardan belgilangan tartibda arizalar va boshqa zarur hujjatlar olindi.