Chirchiqda deputat va yoshlar uchrashdi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Yoshlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q.Qosimova, partiya Markaziy Kengashi Yoshlar sektori rahbari M.Nizomiddinov, Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati kengashi raisi M.Hamzayev hamda viloyat kengashi mas’ullari, faol yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi, jamiyatning haqiqiy tayanchiga aylantirish ustuvor hamda strategik vazifalaridan biridir. Shuningdek, yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanib, muhim ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish orqali yoshlar bandligini ta’minlash muhim sanaladi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, partiya faoli Ulug‘bek Ochilov so‘zga chiqib, siyosiy madaniyat va siyosiy ongni yoshlar o‘rtasida rivojlantirish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan “Bir kun” yoki “Muzokara vaqti” davra suhbatlarini o‘tkazish haqida taklif bildirdi. Shu bilan birga, partiya tasarrufida qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv darslari va uchrashuvlar o‘tkazish, partiya tashabbusi ostida yoshlar tomonidan hayriya aksiya hamda chelenjlar yo‘lga qo‘yish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu takliflar tadbir tashkilotchilari tomonidan nazoratga olindi.

Tadbir yakunida partiyaning dasturiy maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan bir guruh yoshlar partiya a’zolik safiga qabul qilindi.

 

Malohat ERGASHEVA,

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi

Axborot xizmati rahbari.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish