Deputatlar doimiy komissiyaga masala kiritadi
Deputatlar doimiy komissiyaga masala kiritadi

 

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Aytish kerakki, tumanda ayni paytda 2 ta sport maktabi faoliyat yuritmoqda. Uch mingdan ortiq muntazam shug‘ullanuvchiga 109 nafar murabbiy sport sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Shundan bo‘lsa kerak, tuman sporti viloyat va respublikada yetakchilar qatorida turadi, deydi Jizzax viloyat partiya kengashi raisi o‘rinbosari Mehriniso Boboyeva.

Shuningdek, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar bor. Partiya guruhi a’zolari o‘rganishlar natijasidan kelib chiqib, masalani tuman Kengashi doimiy komissiyasida muhokamaga kiritilishi bo‘yicha kelishib oldi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish