O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan “Yilning eng yaxshi boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Viloyatda bu tanlov nafaqat ijtimoiy faollikni rag‘batlantirishga, balki chinakam partiyaviy jonlanishga sabab bo‘lishi bilan ahamiyatli.
Tadbirda ushbu sanani alohida e’tirof etish maqsadida, har yili 11-aprel sanasini viloyatda “Boshlang‘ich partiya tashkilotlari kuni” sifatida nishonlanish taklifi berildi. Qolaversa, bu kun quyi bo‘g‘inning ustuvorligini tan olish kuni sifatida e’tirof etiladi.
Ko‘rik-tanlov doirasida BPTlar o‘z faoliyatini nafaqat ko‘rsatish, balki baholash imkoniga ham ega bo‘ldi.
Faoliyati eng yaxshi, deb topilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV (surat),
O‘zA