Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Sanjar Sobirjonov “Tiklanish” mahallasida fuqarolar bilan ochiq va amaliy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan infratuzilma, sanitariya holati, ishsizlik, yoshlar bandligi va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish kabi dolzarb muammolar tinglandi. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Muloqotdan so‘ng Sanjar Sobirjonov mahalladagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, mehnatga layoqatsiz hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi.