Xovos tumani aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xovos tuman kengashi tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash yo‘nalishida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi. Jumladan, Xovos tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalar a’zolari, ayollar va bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rik jarayonida aholi malakali shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir tizimi, ko‘z, bolalar salomatligi, ginekologik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazilib, zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir aholining salomatligini mustahkamlash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar salomatligini yaxshilash, profilaktika qilish va kasalliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish