Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash holati o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imamova Qorao‘zak tumanidagi saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Shuningdek, deputatimiz tumandagi Ijtimoiy himoya yagona reyestrida hisobda turgan Z.Begjanovaning xonadoniga tashrif buyurib, oilaning yashash sharoiti bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida deputat aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolar va ularning yechimlarini mahalliy va respublika darajasida hal etish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish