Deputatimiz masalaga ijobiy yechim topmoqchi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari hududlarda fuqarolar bilan uchrashib ularning muammolarini o‘rganmoqda. Jumladan, deputat Odiljon Iminov Andijon viloyatining Asaka tumani “Kamolot” MFYda bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qildi.

Mahallada yashovchi Toqiyeva Mavludaxonning xonadonida bo‘lib, ularning muammolarini tingladi. Ma’lum qilinishicha, ular yashash sharoitini yaxshilash uchun uy olish istagida bo‘lgan. Lekin subsidiya olish uchun ma’lum darajada ish haqiga ega bo‘lish talab etiladi. Aynan shu masala ularga muammo tug‘dirmoqda. Sababi, ularning maoshi subsidiya olish uchun belgilangan miqdordan kam.

Deputat ushbu masalani chuqurroq o‘rganib, ijobiy yechim topishga harakat qilishini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish