Yoshlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Irina Tokareva poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi “Bog‘isaroy” mahallasiga borib, u yerdagi holat bilan tanishdi.

Deputatimiz hududni obodonlashtirish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar qanday olib borilayotgani bilan qiziqdi. Mahallada yaqinda barpo etilgan sport maydonchasi I.Tokarevaning e’tiborini tortdi. U sport inshooti bilan tanishib, bunday sport obyektlari aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga mahalladagi aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishib, ularning murojaatlarini tingladi. Fuqarolar tomonidan hududni yanada obodonlashtirish va dam olish uchun qulay muhit yaratish, yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash borasida bildirilgan takliflarni tizimli o‘rganish va ijobiy hal etish uchun mas’ullar bilan maslahatlashishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish