Beruniy tumanidagi muammolar o‘rganildi
O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov Beruniy tumani «Shabboz» ovulida «mahalla yettiligi» va saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.
Murojaatchilarning aytishicha, ushbu hududdagi Turkman ovul aholi manzili uchun 4 ta suv nasosi Bo‘ston kanalidan suv chiqarish uchun qurilib foydalanishga topshirilgan. Lekin aholiga suv olib boruvchi ariqlar qurilishi aniq loyiha va hisob-kitobga tayanib olib borilmaganligi sababli tomorqalargacha suv yetib bormagan.
X.Eshimbetov ushbu masalani hal qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborishini aytdi.