Boysundagi maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlar o‘rganildi

 

2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Surxondaryo viloyatidagi bir qator ijtimoiy soha obyektlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Jumladan, Boysun tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham shunday obyektlardan biri edi.

Joriy yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston XDP Boysun tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.O‘zbekova hamda tuman Kengashidagi bir guruh deputatlar ishtirokida ushbu maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birgalikda, ba’zi muammolar ham ko‘zga tashlandi. Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal etish bo‘yicha takliflar olindi. Mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar yo‘llandi. Ularning ijobiy hal etilishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish