Asosiy masala – to‘siqsiz muhit yaratish
O‘zbekiston XDP Namangan tuman kengashi va Nogironlar jamiyati Namangan tuman bo‘limi hamkorligida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilish va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha izchil hamkorlikning istiqboli” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda deputatlar, partiya kengashi va nogironlar jamiyati mas’ullari, faol yoshlar va 60 nafar nogironligi bor fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mas’ullar bugungi kunda yurtimizda nogironligi bor fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, inklyuziv jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tishdi. Shu bilan birga nogironligi bor fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammolarni tizimli hal etishga kelishib olindi.