Murojaat yechim topdi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shirin shahar Kengashi deputati D.Jumaboyeva “Deputat mahallada” loyihasi doirasida shaharning Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etdi.
Uchrashuvda aholining turli muammolari tinglanib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Jumladan, mahalladagi 19-uy 65-xonadonda yashovchi Abduqosimova Umida kredit ajratib berilishini so‘rab murojaat qildi.
Deputat va hokim yordamchisi hamkorlikda U.Abduqosimovaga 10 million so‘m kredit ajratildi. Boshqa murojaatlar ham nazoratga olinib, ijobiy yechim izlanmoqda.