O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Beruniy tumanida “Deputat va xalq: hisobot va muloqot” ochiq sessiyasi mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Beruniy tuman kengashi mas’ul xodimlari, partiyamizdan saylangan deputatlar, partiyaning “Faxriylar Kengashi” va "Yoshlar qanoti" a’zolari, partiya faollari, hudud aholisi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, Beruniy tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy sog‘lomlashtirish yurishi bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy sog‘lomlashtirish yurishidan maqsad – aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hisoblanadi.
Tadbir davomida partiyaning “Faxriylar Kengashi” a’zolari o‘rtasida sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning kurash, mini-futbol, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Shundan so‘ng, Beruniy tumanidagi Madaniyat saroyida deputatlarimizning aholi bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalilla Yeshimbetov bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, partiyamiz saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan saylovchilarga tushuntirishlar berdi.
Kunning badiiy qismida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari va yosh ijodkorlari tomonidan jonli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida “Faxriylar Kengashi” a’zolari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalari ishtirokchilariga esdalik sovg‘alar, partiya safiga yangi qabul qilingan faol yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.