Deputatimiz saylovchilari oldida hisobot taqdim etdi
Boyovut tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev «O‘zbekiston» mahallasida saylovchilar, ko‘cha boshlari hamda mahallaning faxriy nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot davomida deputat ularni qiynayotgan dolzarb masalalar, taklif va mulohazalarini tingladi.
Shuningdek, deputat 2025-yilning 2-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilar oldida hisobot taqdim etdi. Deputat tomonidan ko‘tarilgan muammolar yechimi bo‘yicha qilingan ishlar haqida aniq ma’lumotlar berildi.
«Aholi ishonchiga munosib javob berish — deputatlik burchimizdir», — deydi Axrorjon Ibadullayev.