Buxoro shahar Kengashi deputatlari shaharda joylashgan ijtimoiy yotoqxonaga borib, u yerda yashovchi aholining yashash va turmush sharoitlari, ularda mavjud muammo hamda kamchiliklar bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlar aholi vakillari bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalarini, takliflarini tinglashdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir taklif va aniqlangan kamchilik o‘sha yerning o‘zida tegishli tashkilotlar bilan bog‘langan holda yechim topildi. Ba’zi yechimi vaqt talab qiladigan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga taklif va tavsiyalar berilishi belgilandi.
Shuningdek, mavjud infratuzilma, sanitariya holati hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirish rejalashtirildi.