Deputat maktablardagi sport infratuzilmasini o‘rgandi
Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashi deputati B. Bafoyev tumandagi umumta’lim maktablaridagi sport inshootlari, ularda yaratilgan sharoitlar hamda sport jihozlarining holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mavjud kamchilik va ehtiyojlar tahlil qilinib, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Bunday o‘rganishlar partiyaning yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda jismonan va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi maqsad va vazifalariga uyg‘un tarzda amalga oshirilmoqda.