Jondorda suv ta’minoti holati o‘rganildi

 

Partiyamiz Jondor tumani Kengashi deputatlari “Buxoro suv ta’minoti” AJ Jondor tumani filiali faoliyatida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida korxona tomonidan bu yilgi kuz-qish mavsumida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, toza ichimlik suvi ta’minoti, mavjud muammolar, infratuzilma holati va xizmat ko‘rsatish tizimi atroflicha tahlil qilindi.

Deputatlar faqatgina korxonada o‘rganish olib borish bilan cheklanmay, hudud aholisi bilan muloqot olib borib, suv ta’minoti bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot olishdi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan ba’zi kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rib, mas’ullar bilan xizmat sifatini yaxshilash, aholiga barqaror suv yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish