Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashidagi deputatimiz A.Namazova “Do‘stlik” mahallasidagi 1-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dolzarb masalalar, xususan, ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ularni rag‘batlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, deputat davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz hamda dasturlarning joylarda o‘z vaqtida va samarali yo‘lga qo‘yilishida jamoatchilik nazorati, jumladan, bunda deputatlarning alohida o‘rni haqida fikr almashildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.