Deputat tomonidan mahalladagi muammo bartaraf etildi
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi deputati F. Vaisov tumandagi “Muqaddas” mahallasida yuzaga kelgan muhim ekologik muammo bo‘yicha aholi murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahallada qurilgan ko‘prik ostida turli chiqindilar to‘planib qolganligi sababli suv oqimi keskin pasaygan. Aholi xonadonlariga tutash tomorqa yerlarida sho‘rlanish kuchayib, fuqarolarga jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgan edi. Holat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
Natijada ko‘prik osti to‘planib qolgan chiqindilardan tozalandi va suv oqimi yaxshilanib, tomorqa yerlarining sho‘rlanishi oldi olindi.