Yuqori Chirchiq tumanida yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli liderlarni aniqlash maqsadida “Yosh siyosatchi” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yuqori Chirchiq tuman kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘tkazildi. Unda faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etib, siyosiy tafakkuri, bilim darajasi, nutq madaniyati hamda yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etdi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar siyosati, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va davlat boshqaruviga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.