«BIRDАMLIK VА АHILLIK BILАN KELАJАK QURАMIZ!»

Qoʼshrabot tumani Samarqand viloyatidagi iqtisodiy salohiyati katta hududlardan hisoblanadi. Bu yerning tabiati togʼli boʼlgani uchun ham sehrli va goʼzal.

Qoʼshrabot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona hovlisida «Birdamlik va ahillik bilan kelajak quramiz!» shiori ostida OʼzXDP Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

OʼzXDP Samarqand viloyat kengashi raisi Majidxon Usmonov partiyamiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy tenglik tamoyillarini dasturilamal qilib olgani, shu maqsadda Saylovoldi dasturimizda ilgari surilayotgan gʼoya va tashabbuslar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Tadbirda tibbiyot sohasi vakillari, shifokorlar, tuman faollari, faxriy deputatlar, nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla oqsoqollari ishtirok etdi.

– Yoshim saksonda, – deydi otaxon Shodiyor Shukurov. – Partiya targʼiboti bayram koʼrinishida oʼtkazilayotgani tahsinga loyiq.

Darhaqiqat, hamma xursand, oʼyin-kulgu ancha vaqt davom etdi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan tumandagi kam taʼminlangan oilalarga, mahalla faollariga, shifokorlarga estalik sovgʼalari topshirildi.

 

OʼzXDP Samarqand viloyat kengashi

Аxborot xizmati

Teglar

Saylov-2019 Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish