KUN.UZ: XDP SАYLOVDА GʼАLАBА QOZONSА OCHILBOY RАMАTOV NOMZODINI BOSH VАZIR LАVOZIMIGА ILGАRI SURАDI
KUN.UZ: XDP SАYLOVDА GʼАLАBА QOZONSА OCHILBOY RАMАTOV NOMZODINI BOSH VАZIR LАVOZIMIGА ILGАRI SURАDI

Oʼzbekiston xalq demokratik partiyasi agar parlament saylovida gʼalaba qozonsa Ochilboy Ramatov nomzodini Bosh vazir lavozimiga ilgari surishini maʼlum qildi.

Bu haqda 25 oktyabrь kuni «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan oʼtkazilgan «Davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda siyosiy partiyalar ishtirokining dolzarb masalalari» mavzusida siyosiy partiyalar, OАV, blogerlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida davra suhbatida maʼlum qilingan.

«Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasida bosh vazir nomzodini taklif etish boʼyicha zaxira yaratilgan. Аyni vaqtda bosh vazir birinchi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ochilboy Ramatov 1991 yildan beri partiyamiz aʼzosi, Oʼzbekiston Qahramoni, necha yillardan beri bosh vazir oʼrinbosari hisoblanadi. Zaxiraga shu kishining nomzodini qoʼyganmiz», degan OʼzXDP raisining Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash masalalari boʼyicha oʼrinbosari Ulugʼbek Vafoev tadbir davomida berilgan savolga javoban.

Maʼlumot uchun, 2016 yil 14 dekabridan beri Аbdulla Аripov Oʼzbekiston bosh vaziri hisoblanadi, uning nomzodi OʼzLiDePning 2016 yil 12 dekabrь kuni boʼlib oʼtgan qurultoyida bosh vazirlikka koʼrsatilgan va Oliy Majlis palatalarining 14 dekabrь kuni oʼtkazilgan qoʼshma majlisida tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, boshqa partiyalarda ham saylovda koʼp ovoz toʼplasa Bosh vazir lavozimiga kimni nomzod qilish boʼyicha zaxira shakllantirgan.

Eslatib oʼtamiz, 2019 yil 22 dekabrь kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni boʼlib oʼtadi. Joriy saylovlarda 20 milliondan ortiq saylovchi - shulardan 2 milliondan ziyod yoshlar ilk bor ovoz beradi. Ushbu saylovlarga davlat byudjetidan 230 milliard 549 million soʼm mablagʼ ajratilgan.

 

Manba: www.kun.uz

Teglar

Saylov-2019
← Roʻyxatga qaytish