OILАVIY TАDBIRKORLIK RIVOJLАNSА АHOLI FАROVONLIGI YANАDА YUKSАLАDI
OILАVIY TАDBIRKORLIK RIVOJLАNSА АHOLI FАROVONLIGI YANАDА YUKSАLАDI

Bugun matbuotda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori eʼlon qilindi. Ushbu qaror iqtisodiyotning ijtimoiy yoʼnaltirilganligini taʼminlashda, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchanlik rolini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu yetakchi ijtimoiy sohalarning tijoratlashuvini cheklash, fuqarolarning ishonchli ijtimoiy himoyasi taʼminlanishi masalalarida biznes masʼuliyatini oshirish, shuningdek, mazkur yoʼnalishdagi ijtimoiy muammolarini hal etishda oʼta muhim qadam boʼldi, deb hisoblaymiz.

Qarorda ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boʼyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etilishi jamiyatimizda kuchli ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tizimini amalga oshirilishi, natijada xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlari oʼrtasida ishsizlik masalasini bartaraf etishga, ularning tashabbuskorligini ragʼbatlantirish, mehnat va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Qaror davlat tomonidan alohida qoʼllab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, qoʼshimcha barqaror ish oʼrinlari yaratilishida partiyaning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, oilaning hayotda oʼz oʼrnini topishi, turli yoʼnalishdagi kichik bizneslarni yoʼlga qoʼyish, ish bilan bandligini taʼminlash, ularning hayot sifati va darajasini oshirishga keng yoʼl ochishi bilan ahamiyatlidir.

Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi qabul qilingan Qarorni toʼliq qoʼllab-qoʼvvatlaydi. Qaror ijrosini taʼminlashda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari kuchlarini safarbar qiladi.

 

Boymurat YuSUPOV,

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi boʼlim boshligʼi.

← Roʻyxatga qaytish