Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman hokimligida G‘azalkent hududiy boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoуevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston XDP Bo‘stonliq tuman Kengashi raisi, tuman deputati O. Babaev kirish so‘zi bilan ochdi.
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani kengashi deputati J. Sadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan ma'ruza qildi va prezidentimizning - "Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug‘ bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natijalardir. Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qo‘ygan katta-katta marralarga albatta erishamiz", - degan so‘zlari bizga bo‘lgan ishonch bo‘lib, yanada mas'uliyat bilan ish olib borishimiz zarur – deya ta'kidladi.
Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Shodieva va G‘azalkent hududiy boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi B. Miraxmetovlar so‘zga chiqdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xalq deputatlari Piskent tuman kengashi deputati D. Komilova tomonidan tuman moliya, g‘azna, MTT bo‘limlarida Murojaatnoma yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borildi.
Xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tuman Kengashi deputati Gulzira Eliboeva ishtirokida Yashnobod MFY da ana shunday targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda deputat tomonidan Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi.