O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati Bekobod tumani Kengashi Xalq deputatlari 7-saylov okrugi deputati Sardor Ismoilov tomonidan “Do‘stlik” MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi va unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Fuqarolarning fikr mulohazalari tinglandi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab turgan muammolari ham o‘rganib chiqildi va ularni ijobiy hal etish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahalla nuroniylarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi.