Islohotlar mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

 

O‘zXDP Toshkent viloyati Chirchiq shahar kengashi raisi N. Raxmanberdieva tomonidan shahar tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida "Ayollar bilan yuzma-yuz" loyihasi doirasida xotin-qizlari ishtirokida tadbir uyushtirildi.

Partiyamizning saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda muassasa BPT raisi M. Isabekova bilan hamkorlikda partiya faoliyati yaqindan tanishtirilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ishsiz ayollarning bandligini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ayollarning bilim olishi uchun yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar to‘g‘risida fikrlar bayon etildi. Uchrashuv sermazmun, samimiy, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish