Buyuk siymolarga ehtirom

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Latif Mansurov tashabbusi bilan 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab "Buyuk siymolar" adabiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda maktab ma’muriyati, fan o‘qituvchilari, o‘quvchilar, partiyamiz faollari va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirok etishdi. Latif Mansurov tadbir ishtirokchilariga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida gapirib berdi.

Yig‘ilganlarga ikki buyuk siymolarning boy adabiy merosiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish