O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat Kengashi deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 oktabrdagi «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ 411-sonli Qarorining joylardagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tayinlandi.
Farg‘ona viloyat Kengashi XDP deputatlik guruhi rahbari Zokirjon Zohidov so‘zga chiqib, bugungi kunda aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash oldinda turgan muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Farg‘ona sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining Qaror ijrosi yuzasidan hisoboti Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi doimiy komissiyasida, sessiyasida muhokama etilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sherzodjon Karimov, viloyat moliya bosh boshqarmasi, Farg‘ona sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish viloyat bo‘limi, Farg‘ona viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Ishchi guruh rahbari etib, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Nabiyev Anvarxon tayinlandi. Shuningdek ushbu masala bo‘yicha oldinda turgan muhim vazifalar belgilab olindi. Ishchi guruhga qaror ijrosini belgilangan muddatda o‘rganib chiqish vazifasi topshirildi.