Deputat va yoshlar uchrashuvi

 

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi tashabbusi bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida aholi o‘rtasida hurmat qozongan, o‘z kasbining fidoyisi, Markaziy shifoxona nevropatologi, deputat Subanov Sayfiddin Turg‘unboyevichning o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy muloqotda yoshlarning jamiyatimizda o‘z o‘rnini topishi, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida zarur maslahat va tavsiyalar, shuningdek, motivatsiyalar berildi.

Davra suhbatida o‘quvchi-yoshlar tomonidan qiziqtirgan savollar berilib, batafsil javoblar olindi. Samimiy muloqot o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish